FVV O‘zbekistonda yana kuchli shamol bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi

© Sputnik / Maks Vetrov / Mediabankka o‘tishVeter
Veter - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq Toshkent viloyatining Bekobod shahrida hamda Navoiy viloyatining Nurota va Tomdi tumanlarida kuchli shamol esishi kuzatilgandi

TOShKENT, 28 dek – Sputnik. "O‘zgidromet" O‘zbekistonning qator viloyatlarida kuchli shamol esishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar markazi xabar qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, 28-29 dekabr kunlari Qoraqalpoqiston Respublikasi, Toshkent, Sirdaryo, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida shamolning tezligi 17-22 m/s gacha, joylarda 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Uragan v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
FVV Bekobodda yuz bergan kuchli shamol oqibatlari haqida ma’lum qildi

29-31 dekabrda respublikaning ayrim hududlarida tuman tushishi mumkin.

"Xavfsizlik qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz", deyiladi FVV xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 7-dekabr kuni Toshkent viloyatining Bekobod shahrida yuz bergan kuchli shamol oqibatida ko‘pgina aholi yashash uylari va qator korxonalarda elektr va gaz ta’minotida uzilishlar, daraxtlarning sinishi kuzatilib, shaharda yashovchi bir necha aholi qisman moddiy zarar ko‘rgandi. O‘shanda soat 7 dan 18 gacha Bekobod shahrida shamolning 28 m/s gacha kuchayishi kuzatilgan.

24 dekabr kuni esa Navoiy viloyatining Nurota va Tomdi tumanlarida 18 m/s.gacha shamol esishi kuzatilgan. Kuchli shamol oqibatida ma’muriy va turar-joy binolarining tom qismi alohida fragmentlari zarar ko‘rgan.

Yangiliklar lentasi
0