"O‘zbekiston havo yo‘llari” biznes-aviatsiya xizmatlarini taklif etmoqda

© Sputnik / Valeriy Titiyevskiy / Mediabankka o‘tishSamolet biznes-klassa Beechcraft King Air 350
Samolet biznes-klassa Beechcraft King Air 350 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Milliy aviakompaniya mijozlari havo kemasini kira qilgan holda, samolyotga buyurtma berishlari, o‘zlari uchun qulay vaqtda yer sharining istalgan nuqtasiga yo‘nalishni tanlashlari mumkin

TOShKENT, 28 dek – Sputnik. “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi biznes-aviatsiya samolyotlari bilan qatnovlarni tashkil qilish va bajarish xizmatlarini taklif qilmoqda.

Passajiri vixodat iz samoleta uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Markaziy Osiyoda yagona ishbilarmonlik aviatsiyasi tashkil etiladi

“Aviakompaniyaning yaqin kelajakdagi rejalarida – “Toshkent-Sharqiy” aerodromi negizida amaliy aviatsiya uchun yangi aeromajmua yaratish o‘rin olgan. Davlat rahbarining topshirig‘iga ko‘ra amaliy aviatsiya yo‘lovchilariga xizmat ko‘rsatish uchun yuqori darajadagi zamonaviy infratuzilma yaratiladi, shu jumladan mehmonxonalar va biznes-markazlar quriladi”, deyiladi MAK xabarida.

Xabarda qayd etilishicha, istalgan rusumdagi: uncha katta bo‘lmagan reaktiv super-jetdan tortib keng fuzelyajli uzoq masofaga uchuvchi laynergacha bo‘lgan havo kemasi bilan xizmat ko‘rsatish uchun bugungi kunda ham buyurtma berish mumkin.

Milliy aviakompaniya mijozlari havo kemasini kira qilgan holda, samolyotga buyurtma berishlari, o‘zlari uchun qulay vaqtda yer sharining istalgan nuqtasiga yo‘nalishni tanlashlari mumkin. Aviamutaxassislar charter qatnovini tashkil qilish bo‘yicha hisob-kitoblarni bajarib, parvozni rejalashtiradilar.

Bildirilishicha, qatnov narxi havo kemasining klassi, parvoz davomiyligi va yo‘lovchilar soniga bog‘liq bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0