Saudiya Arabistoni o‘zbekistonliklar uchun umra kvotasini 2 baravarga oshirdi

© Kabinet po delam religiy UzbekistanaGruppa palomnikov v Saudovskuyu Araviyu iz Uzbekistana
Gruppa palomnikov v Saudovskuyu Araviyu iz Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018 yilda o‘n ming nafar O‘zbekiston fuqarosi kichik haj ziyoratini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi

TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Saudiya Arabistoni hukumati o‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun 2018-yilgi kichik haj kvotasini deyarli ikki baravarga – 10 ming kishiga oshirdi, deb xabar berdi RIA Novosti O‘zbekiston Musulmonlar idorasi vakiliga tayanib.

Makka shahri - Sputnik O‘zbekiston
Hajga kvotalar soni yana to‘rt mingtaga oshirildi

Idora vakilining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Musulmonlar idorasi rahbariyatining haj va umra ziyoratlari bo‘yicha Saudiya Arabistoni hukumatining hamkori hisoblangan Al-Hidaya kompaniyasi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tgan.

"Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar 2018-yilgi umra ziyorati shartnomasini imzoladi. Hujjatga ko‘ra, 2018-yilda o‘n ming nafar O‘zbekiston fuqarosi kichik haj ziyoratini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi", — dedi agentlik suhbatdoshi. Ilgari kichik haj kvotasi 6 ming kishini tashkil etardi.

Tomonlar shuningdek, mehmonxona va transport xizmatlari sifatini hamda ziyorat davrida taom tayyorlash sharoitlarini yaxshilash masalalarini muhokama qildi, deb qo‘shib qo‘ydi idora vakili.

2017 yilda O‘zbekistondan Saudiya Arabistoniga ziyoratchilar umumiy kvotasi 2016-yildagiga nisbatan 20%ga — 13,2 ming kishiga oshirilgandi. Xususan, katta haj uchun kvota 1,4 martaga — 7,2 ming kishiga oshgan, umra uchun esa 6 ming kishi darajasida saqlanib qolgandi.

Yangiliklar lentasi
0