TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev axborot va kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha ayrim qonunchilik aktlariga o‘zgartish kiritish bo‘yicha qonunga imzo chekdi, unga ko‘ra, endilikda axborot resurslari ostida anonim tarzda izoh qoldirish man etiladi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Saytlar egalari elektron hukumat portalida identifikatsiyalash bo‘yicha bitim tuzishga yoxud SMS-identifikatsiyalashdan o‘tishga majbur etiladi.
Ilgariroq Qozog‘iston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari vaziri Dauren Abayev ushbu normalar tarmoqda avj olib ketgan haqoratlar, bilan bog‘liqligini, ular millatlararo nizolarni keltirib chiqarayotganini qayd etgan edi.
Qonunga kiritilgan o‘zgartishlar izoh qoldirayotgan insonning taxallusdan foydalanishga bo‘lgan huquqini bekor qilmaydi, ammo portal ushbu taxallus ostida kim ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ladi.