Suriya va Iroqda bir mingga yaqin "Islomiy davlat" jangarilari qolmoqda

© AFP 2023 / TAUSEEF MUSTAFADemonstranti s flagom IG. Arxivnoe foto
Demonstranti s flagom IG. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan avval "Islomiy davlat" uyushmasiga qarshi kurashish bo‘yicha AQSh prezidentining maxsus vakili Brett Makgerk Suriya va Iroqda 3 mingga yaqin jangarilar borligini ma’lum qilgandi

TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Suriya va Iroqda bir mingga yaqin "Islomiy davlat" jangarilari qolmoqda. Bu haqda RIA Novosti xalqaro terrorchilik guruhiga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro koalitsiya vakili Rayana Dillon ma’lumotlariga tayangan holda.

Vilet pervoy gruppi samoletov VKS s aviabazi Xmeymim v punkti postoyannogo bazirovaniya na territorii Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Putin Suriyadan Rossiya qo‘shinlarini chiqarishni buyurdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 11-dekabr kuni Xmeymim aviabazasida harbiylar oldida Suriyadagi "Islomiy davlat" jangarilari tor mor qilinishi munosabati bilan Rossiya harbiy kontingentining kattagina qismini chiqarishga buyruq bergandi.

Keyinchalik, AQSh prezidenti Donald Tramp Suriya va Iroqdagi terrorchi jangarilar tomonidan bosib olingan sal kam 100 % hududi ozod etilganligini ma’lum qilgandi. "Biroq amerikalik harbiylari ikki davlat hududida qoladi", — dedi AQSh prezidenti.

Yangiliklar lentasi
0