TOShKENT, 27 dek — Sputnik. O‘zbekistondagi EIZlarda 4 200 dan ortiq ish o‘rin yaratildi, deb xabar qildi O‘zbekiston Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, O‘zbekistondagi EIZ hududida xorijiy kompaniyalar sarmoyalari hisobidan 29 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.
"Navoiy" EIZda 24,3 million dollarlik 4 ta loyiha, "Angren" EIZda 136,5 million dollarlik 8 ta loyiha amalga oshirilmoqda. "Urgut" EIZda eng ko‘p 10 ta loyiha bo‘yicha ish olib borilmoqda.
2017 yilda «Navoiy», «Angren», «Jizzax» va «Hazorasp»EIZda umumiy qiymati 464 million dollarga teng 65 ta loyiha amalga oshirilgan, 4 ming 200 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratilgan. Mablag‘ning 253 million dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisoblanadi.