TOShKENT, 27 dek — Sputnik. O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazining xabar qilishicha, respublikada 29-dekabrdan 1-yanvar kuni ob-havo bashorati ma’lum qilindi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 29-31 dekabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 29-dekabrda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 1-6 daraja iliq, 30-dekabr-1 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 29-dekabrda 2-7 daraja sovuq bo‘ladi, 30-dekabr-1 yanvarda 2 daraja sovuq-3 daraja iliqgacha ko‘tariladi, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi; cho‘l hududlarda 29-dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, 30-dekabr-1 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 29-dekabrda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 30-dekabr-1 yanvarda kechasi 4 daraja sovuq-1 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4 daraja sovuq-1 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 29-dekabrda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, 30-dekabr-1 yanvarda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 29-30 dekabrda qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 29-dekabrda kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja sovuq, 30-dekabr-1 yanvarda kechasi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi, kunduzi 0-5 daraja iliqgacha ko‘tariladi.