O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegara vakillari faoliyati haqidagi Bitim kuchga kirdi

© AP Photo / Anvar IlyasovUzbekskiy pogranichnik
Uzbekskiy pogranichnik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur hujjat tomonlar chegara vakillarining davlat chegarasidagi chegaraviy mojarolar va nizolarni hal qilish bilan bog‘liq masalalarni yechish bo‘yicha faoliyatini tartibga soladi

TOShKENT, 27 dek – Sputnik. 2017-yil 26-dekabrda O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari o‘rtasidagi chegara vakillari faoliyati to‘g‘risidagi Bitim kuchga kirdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bitim 2017-yilning 5-sentabr kuni Bishkek shahrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi chog‘ida imzolangan bo‘lib, mazkur hujjat tomonlar chegara vakillarining davlat chegarasidagi chegaraviy mojarolar va nizolarni hal qilish bilan bog‘liq masalalarni yechish bo‘yicha faoliyatini tartibga soladi.

Vizit prezidenta Kirgizstana Sooronbaya Jeenbekova v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: Qirg‘iziston bilan o‘rtamizda chegaralar bo‘lmaydi

Xabarda aytilishicha, Bitimga muvofiq chegara vakillari uchastkalari doirasida o‘z faoliyatida davlat chegarasini kesib o‘tish bo‘yicha o‘rnatilgan qoidalarga rioya etilishini nazorat qiladilar va uni belgilangan tartibni buzgan holda kesib o‘tishni oldini olish bo‘yicha choralar ko‘radilar.

Shuningdek, vakolatli davlat organlari bilan birgalikda noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilish (topshirish) va kontrabandaga qarshi kurashish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radilar va davlat chegarasida xo‘jalik ishlarining amalga oshirilishi hamda chegara suv havzalari suvidan foydalanish, ovchilik va baliqchilik qoidalariga rioya qilish nazoratini ta’minlaydilar.

Bundan tashqari, davlat chegaralari orqali yong‘inlar, epidemiyalar, epizootiyalar va qishloq xo‘jaligi zararkunandalarining tarqalishi xavfi to‘g‘risida bir-birlarini o‘z vaqtida xabardor qiladilar.

TIVning bildirishicha, ushbu ikki tomonlama hujjatning kuchga kirishi davlat chegarasida yuz berayotgan masalalarni o‘z vaqtida yechish uchun qo‘shimcha huquqiy mexanizm sifatida xizmat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0