Oliy ta’lim vazirligi Alisher Usmonovga minnatdorlik bildirdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishOsnovatel USM Holdings Alisher Usmanov
Osnovatel USM Holdings Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bunga qadar Alisher Usmonov homiyligida Toshkentda britaniyalik xonanda Robbi Uilyams hamda ispan tenori Xose Karreras chiqish qilishgandi

TOShKENT, 26 dek — Sputnik. O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rossiyalik milliarder Alisher Usmonovga Toshkentda xonanda Enrike Iglesiasningkonsertini tashkil etganligi uchun minnatdorlik bildirdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

"Muhtaram Alisher Burhonovich, O‘zbekistonda jahon estradasining yorqin ovozi — Enrike Iglesiasning konsertini tashkil etganingiz uchun sizga ulkan minnatdorlik bildiramiz. Bizga beg‘araz asosda taqdim etilgan chiptalar davlat stipendiyalari sohiblariga aylangan iqtidorli talabalar hamda ota-onasiz talabalar orasida tarqatildi”, — deyiladi O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi maktubida.

Alisher Usmanov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov: qo‘limdan kelganicha O‘zbekistonga yordam beraman

Vazirlikning qayd etishicha, talabalar yangi taassurot va ilhomga ega bo‘ladi, bu esa madaniy-ma’naviy rivojlanish uchun muhimdir. Maktubda mazkur yordam mamlakatda xayriya ishini rivojlantirishga qo‘shilgan bebaho hissa ekanligi aytiladi.

“Ota-ona mehrisiz qolgan talabalar muammolariga befarq munosabatda bo‘lmaganingiz uchun samimiy tashakkurimizni qabul qilgaysiz”, deyiladi maktubda.

Eslatib o‘tamiz, 28-dekabr payshanba kuni Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida ispaniyalik taniqli xonanda Enrike Iglesiasning konserti bo‘lib o‘tadi.

Bunga qadar Alisher Usmonov homiyligida Toshkentda britaniyalik xonanda Robbi Uilyams hamda ispan tenori Xose Karreras chiqish qilishgandi.

Usmonov yaqinda bergan intervyusida O‘zbekistonga qancha miqdorda yordam bera olishi mumkinligi haqidagi savolga “Qurbim yetganicha” deb javob bergandi. Milliarder respublikaga yo‘naltirish mumkin bo‘lgan investitsiyalar miqdori haqida ochiq aytmadi, lekin “har tomonlama yordam berishga tayyorligini va yordam berayotganligini” bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0