Toshkent aeroportida o‘q-dori olib o‘tishga uringan shaxslar qo‘lga olindi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishMagazin AK s pulyami
Magazin AK s pulyami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yilning martida Toshkent aeroportida Isroil armiyasida xizmat muddatini yakunlagan askar qo‘lga olingan - uning yuklari orasidan 13 dona patron topilgandi

TOShKENT, 27 dek – Sputnik. Toshkent aeroportida Aviatsiya xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda havo yo‘llari orqali o‘q-dorilarning noqonuniy olib o‘tilishiga doir urinishlar fosh qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Tel-Avivga parvozi oldidan xorijiy shaxs F.Baxromovaga tegishli rukzak ko‘zdan kechirilganda, uning 1 dona 5,45 mm. kalibrdagi patronni olib chiqishga uringani fosh bo‘ldi.

Magazin AK s pulyami - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent aeroportida Isroil sobiq askari 13 dona o‘q bilan ushlandi

"Toshkent-Seul" reysi bo‘yicha parvozga otlangan O.Aleksey ismli shaxs ham 1 dona 5,45 mm. va 1 dona 9 mm.kalibrdagi patronlarni yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilmasdan turib, olib chiqishga uringan paytda to‘xtatib qolindi.

Surishtiruvlar davomida u egnidagi kurtkasining cho‘ntagidan topilgan patronlarning qayerdan kelib qolganligini go‘yoki bilmasligini ta’kidladi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasiga binoan, kontrabanda, ya’ni bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib, deklaratsiyasiz o‘q-dorilarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning martida Toshkent aeroportida Isroil armiyasida xizmat muddatini yakunlagan askar qo‘lga olingan — uning yuklari orasidan 13 dona patron topilgandi.

Yangiliklar lentasi
0