Toshkent aeroportida Isroil sobiq askari 13 dona o‘q bilan ushlandi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishMagazin AK s pulyami
Magazin AK s pulyami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samolyotga chiqish chog‘ida uning yuklari orasida patronlar borligi ma’lum bo‘lgan

TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Toshkent aeroportida Isroil armiyasi SAXALda xizmat muddatini yakunlagan askar qo‘lga olindi: uning yuklari orasidan 13 dona patron topilgan, deb xabar bermoqda nuz.uz.

Xabarda aytilishicha, u O‘zbekiston orqali Tailandga dam olishga ketayotgan bo‘lgan. Samolyotga chiqish chog‘ida uning yuklari orasida patronlar borligi ma’lum bo‘lgan.

U Toshkent aeroportining vaqtinchalik saqlash izolyatorida saqlanmoqda.

Isroilning O‘zbekistondagi konsuli askarning holidan xabar olgan.

Isroil TIV hibsga olingan askarga yordam ko‘rsatishga urinmoqda, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0