Andijon shahri hokimi jarimaga tortildi - Bosh prokuratura

© fotoliaSimvoli zakona i pravosudiya
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sud qarori bilan Andijon shahar hokimi D.Rahmatullayevga eng kam ish haqining 30 baravari miqdorida jarima jazosi qo‘llanildi

TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Sud qarori bilan Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullayev O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, eng kam ish haqining 30 baravari miqdorida jarima jazosi qo‘llanildi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Portfel - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston milliy axborot agentligi andijonlik so‘kong‘ich hokimni tanqid qildi

"Tekshirish davomida viloyat prokuraturasi tomonidan kiritilgan taqdimnoma asosida xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi tomonidan D.Rahmatullayevni ma’muriy javobgarlikka tortishga rozilik berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Andijon shahar hokimi D.Rahmatullayev shu yilning 16-oktabr kuni shahardagi bir qator ta’lim muassasalari rahbarlarini nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilganligi yozilgan audioyozuv internetda tarqalgan va bu holat yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan tekshirish boshlanganligi xabar berilgandi.

Yangiliklar lentasi
0