O‘zbekiston milliy axborot agentligi andijonlik so‘kong‘ich hokimni tanqid qildi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPortfel
Portfel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Andijon hokimining mushtumzo‘rligi o‘zbek OAVlari tomonidan qattiq qoralanmoqda

TOShKENT, 1 dek — Sputnik. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Andijon shahar hokimini tanqid ostiga oldi, deb xabar berdi O‘zbekiston OAVlari.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev mushtumzo‘r rahbarlarga qarshi kurashishga va’da berdi
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq ijtimoiy tarmoqlar, internet-nashrlarda Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullayev ta’lim muassasalari rahbarlarini haqorat qilayotgani yozilgan audio keng tarqalgan edi. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) "Rahbar yuksak ma’naviyatli, har bir ishda barchaga ibrat bo‘lishi kerak" degan sarlavhali maqolada mushtumzo‘r hokim harakatlariga munosabat bildirgan.

Maqolada o‘zbek xalqi azaldan o‘zining bunyodkorligi, yuksak ma’naviyati, odob-axloqi, mehr-oqibati bilan shuhrat qozongani, ayniqsa, Andijon va andijonliklar haqida so‘z ketganda, yuksak madaniyatli, xushmuomala va mehmondo‘st insonlar gavdalanishi qayd etilgan.

Shu bilan birga, keyingi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Andijon shahar hokimining ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokidagi yig‘ilishda o‘zini tutishi, haqoratlardan iborat gap-so‘zlari, agar bu xabarlar rost bo‘lsa, uning nafaqat hokim, balki oddiy inson sifatida ma’naviyatga munosabatini ko‘rsatib bergani qo‘shimcha qilingan.

Nashr, joriy yil 15-noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarlarning burchi, mas’uliyati va ma’naviyati masalasiga alohida e’tibor qaratganini eslatib o‘tgan va O‘zbekiston rahbarining rahbar qanday bo‘lishi zarur degan so‘zlaridan iqtibos keltirgan:

"Ish yuzasidan talabchanlik qilish boshqa, odamlarning shaxsiyatiga tegish butunlay boshqa narsa. Odamlar ish yuzasidan sizga bo‘ysunishi mumkin, boshqa har qanday masalada siz bilan teppa-teng huquqqa ega ekanini aslo esdan chiqarmang….Barchamiz yaxshi bilamiz, xalqimiz oriyatli, nomusli xalq. Xalqimiz barcha narsaga chidashi mumkin, lekin takror-takror aytaman, adolatsizlik va nohaqlikka chiday olmaydi. Haqiqiy rahbar, haqiqiy yetakchi odamlarning bardoshini sinash uchun emas, balki ularga munosib shart-sharoit yaratib berish, og‘irini yengil qilish uchun rahbar etib tayinlanadi. Barcha bo‘g‘indagi rahbarlar o‘zining odob-axloqi va madaniyati bilan hammaga o‘rnak va namuna bo‘lishi zarur".

Yangiliklar lentasi
0