O‘zbekiston IIV ekspertlik xizmatlari ko‘rsatadi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishDejurnaya chast
Dejurnaya chast - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston IIV yuridik shaxslarga uzoq muddat mobaynida o‘chib ketgan matnlarni qayta tiklashda yordam berishi mumkin

TOShKENT, 26 dek — Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yuridik shaxslarga ekspert-kriminalistika faoliyati sohasida pullik asosda ekspertlik, ilmiy-tadqiqot va axborot xizmatlarini taqdim etadi, deb xabar qildi IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi matbuot-xizmati.

Xaker - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston IIV Raqamli ekspertizalar divizioni bilan muzokara o‘tkazdi
Xizmatlar o‘ziga quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi: hujjatlarda, qimmatbaho qog‘ozlarda, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarda qalbakilashtirish belgilarini aniqlash bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha o‘qitish; shaxsni identifikatsiya qilishda videokuzatuv tizimi imkoniyatlarini aniqlash; transport vositalarining dvigatel, shassi, kuzov raqamlarini ro‘yxatga qo‘yishda va qayta ro‘yxatdan o‘tkazishdagi tadqiqotlar.

Shuningdek, hujjatlar, qimmatbaho qog‘ozlar, lotoreya chiptalari, shuningdek boshqa turdagi qat’iy hisobot ostidagi bosma mahsulotlarning haqiqiyligini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar; uzoq muddat mobaynida o‘chib ketgan matnlarni qayta tiklash; zargarlik buyumlari va vino-aroq mahsulotlari tarkibini aniqlash hamda kompyuter texnologiyasi sohasida xizmat va konsultatsiyalar ko‘rsatish, xususan, raqamli tashuvchilarda o‘chib ketgan ma’lumotlarni qayta tiklash va raqamli ma’lumotlarni himoyalash bo‘yicha konsultatsiya berilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0