Ot go‘ngi solingan posilkani Moliya vaziriga kim yuborgani ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishLoshadi na konnom zavode
Loshadi na konnom zavode - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq OAVlarda AQSh Moliya vaziri Stiven Mnuchin shubhali qutichani olganligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Jo‘natmani Los-Anjeles hududida joylashgan hashamdor uyning yo‘lagi oldida qoldirib ketishgan

TOShKENT, 26 dek — Sputnik. AQSh Moliya vaziri Stiven Mnunchinga atalgan "surpriz" — go‘ng solingan qutichani yuborgan shaxs Los-Anjeleslik ruhshunos Robbi Strong bo‘lib chiqdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Trampning 10 ta saylovoldi va’dasi
Erkakning so‘zlariga qaraganda, u o‘zining ushbu hatti-harakati bilan amerikaliklarga "respublikachilar ishchi sinflari uchun hech vaqo qilib berishmaganini" ko‘rsatmoqchi bo‘lgan.

O‘tgan hafta oxirida — shanba kuni Strong o‘zining Facebookdagi sahifasida u qay tarzda jo‘natmani yig‘ayotgani aks ettirilgan fotosuratlarni joylagan.

"Sirli Santa o‘yini uchun tayyorlangan sovg‘amni kimdir hujjatlashtirishi darkor, — deb yozgan u. — Men ot go‘ngi solingan qutichalarni Stiv Mnuchinga yubormoqchiman. Modomiki pullarda so‘z erkinligi bor ekan, nega endi go‘ng ham shnday huquqga ega bo‘lmasin".

Ma’lum bo‘lishicha, Strong Mnuchin uchun ikkita jo‘natma hozirlagan bo‘lgan: biri Los-Anjelesdagi Bel-Eyr tumaniga yetib kelgan, boshqasi — Beverli-Xillzga.

Ilgariroq OAVlarda AQSh Moliya vaziri Stiven Mnuchin shubhali qutichani olganligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Jo‘natmani Los-Anjeles hududida joylashgan hashamdor uyning yo‘lagi oldida qoldirib ketishgan. Rojdestvo qog‘oziga o‘ralgan va "amerika xalqi nomidan" yuborilgan sovg‘a saperlar tomonidan o‘rganilgan. Qutining ichidan ot go‘ngi va Mnuchin hamda AQSh prezidenti Donald Tramga murojaat yo‘llangan tabrik otkritkasi chiqqan.

Yangiliklar lentasi
0