Favqulodda vaziyatlar vazirligi shtorm haqida ogohlantirdi

© FlickrAvtomobilnaya doroga
Avtomobilnaya doroga - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yil 26-27 dekabr kunlari "Qamchiq" dovonida kuchli yog‘ingarchilik kutilmoqda, ko‘rinishning 50-100 metrgacha yomonlashishi, shamolning tezligi 22-25 m/s.gacha kuchayishi, yo‘lning muzlashi kutilmoqda.

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati "Qamchiq" dovoni hududida ob-havo keskin o‘zgarishi sababli shtorm haqida ogohlantirdi.

Zima v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda havo harorati keskin pasayib, yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

Xabarda aytilishicha, O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, joriy yil 26-27 dekabr kunlari "Qamchiq" dovonida yog‘ingarchilik kutilmoqda, asosan qor ko‘rinishida, vaqti-vaqti bilan kuchayishi, tuman tushishi, ko‘rinishning 50-100 metrgacha yomonlashishi, shamolning tezligi 22-25 m/s.gacha kuchayishi, yo‘lning muzlashi kutilmoqda.

Respublika bo‘ylab 26-dekabr kunidan ob-xavo haroratining keskin pasayib, 27-28 dekabr kunlari harorat kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0