Moskvada avtobus yo‘lovchilarni bosib, yer osti yo‘liga kirib ketdi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishNa zapade Moskvi avtobus vyexal v podzemniy perexod
Na zapade Moskvi avtobus vyexal v podzemniy perexod - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hodisa oqibatida 5 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Moskva meri Sergey Sobanin hodisa joyiga yetib borgan

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Moskvaning g‘arbiy qismida yuz bergan avariya oqibatida halok bo‘lgan kishilar soni 5 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Bugun kunduzi jamoat transporti "Slavanskiy bulvar" metrosi oldidagi yer osti yo‘liga kirib ketgan.

Hodisa joyiga bortida tibbiyot xodimlari bo‘lgan uch vertolot yuborilgan. Moskva meri Sergey Sobanin ham hodisa joyiga yetib borgan.

"Besh kishi halok bo‘lgan, 15 kishi jarohatlangan. Yana uch kishi kasalxonaga olib ketilgan", — deyiladi xabarda.

Haydovchi qo‘lga olingan va tergov uchun politsiya bo‘linmasiga yetkazilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa terakt sifatida baholanmayapti. Avtobus boshqa bir mashina tufayli halokatga uchragan yoki uning tormozlari pand bergan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Glava Chechni Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
Ramzan Qodirov: shaytonlar Chechenistonga hujum qilmoqchi
Politsiya bo‘linmasi ham avtobus nosoz bo‘lishi mumkinligi yoxud haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lum qilgan.

Hodisa joyiga yetib kelgan Sobanin halok bo‘lganlarning yaqinlari va qarindoshlariga hamdardlik bildirgan. Shuningdek, u "Mosgortrans"ga tegishli barcha avtobuslarni tekshiruvdan o‘tkazish haqida topshiriq bergan.

Hodisa joyida politsiya va tibbiyot xodimlari ishlashmoqda, avariya oqibatini bartaraf etishda 50 dan ziyod odamlar va 17 donadan ziyod texnika ishtirok etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0