Turkiya va O‘zbekiston yangi qo‘shma korxonalarni ishga tushiradi

© Sputnik / Vitaliy BelousovRukopojatie
Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Turkiyaning o‘zaro hamkorlikka bo‘lgan intilishi ikki davlat tarixida kelajak sari qo‘yilgan muhim qadam sanaladi

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Turkiya Savdo palatalari va tovar birjalari uyushmasining prezidenti rahbarligida Turkiya Respublikasi ishbilarmon doiralari delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida 25-dekabr kuni O‘zbekiston-Turkiya biznes-forumi tashkil etildi.

Tadbirda o‘zbek va turk kompaniyalari o‘rtasida savdo aloqalari yo‘lga qo‘yilishini qo‘llab-quvvatlash, yangi qo‘shma korxonalarni ishga tushirish va yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Glava Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Tursii Redjep Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va Erdo‘g‘on nimalarga kelishib oldi?
Biznes-forum o‘zbek va turk tomonlarining ma’ruzalarini tinglash shaklida o‘tkazildi. Uchrashuv chog‘ida ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va chuqur qayta ishlash, saqlash, qadoqlash va oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha komplekslarni qurish, to‘qimachilik va charm-qayta ishlash sanoatida zamonaviy qo‘shma korxonalarni tashkil etish, jumladan, paxta tolasi va charm xomashosini qo‘shma chuqur qayta ishlash, farmatsevtika sohasida yangi loyihalarni amalga oshirish orqali tayyor brend mahsulotlarini tashqi bozorlarda ilgari surishni yo‘lga qo‘yish masalalarini ko‘rib chiqdilar.

O‘zbekiston va Turkiyaning o‘zaro hamkorlikka bo‘lgan intilishi ikki davlat tarixida kelajak sari qo‘yilgan muhim qadam sanaladi.

Turkiya O‘zbekistonning muhim savdo hamkori hisoblanadi. 2016-yil yakunlari bo‘yicha o‘zaro savdo aylanmasi 1,2 milliard dollarga yetdi. Joriy yilning 9 oyi davomida o‘zaro savdo aylanmasi xajmi 29%ga o‘sdi.

Hozirda O‘zbekistonda 500 ga yaqin turk firma va kompaniyalari faoliyat yuritadi. Faqatgina 2016-yilning o‘zida respublikada turk kapitali ishtirokida 20 dan ortiq korxona tashkil etilib, 53 ta kompaniyaning vakolatxonasi akkreditatsiyadan o‘tkazilgan.

Yangiliklar lentasi
0