Nazarboyev Jeenbekovga: Qozog‘iston siz qo‘yadigan har qanday masalani yechishga tayyor

Obuna bo‘lish

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov prezident Nursulton Nazarboyevning taklifiga asosan Qozog‘istonga rasmiy tashrif uyushtirdi.

Uchrashuv avvalida Jeenbekov qozog‘istonlik hamkasbiga taklif uchun minnatdorlik bildirdi, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston.

Atambayev rasskazal o Djumakadirove — video s emotsiyami prezidenta - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev qozoq hukumati haqida nima dedi - prezident chiqishidan video
"Diplomatik aloqalarimizga 25-yil to‘ldi. Abadiy do‘stlik haqidagi shartnomani 20 muqaddam imzolagan edik. Ushbu tashrif yubiley sanalarga to‘g‘ri keldi. Siz to‘g‘ri aytdingiz, dunyoda qirg‘izlar va qozoqlar singari yaqin qardosh xalqlar yo‘q. Prezident etib saylanganimdan keyin o‘rtada strategik va ittifoqdoshlik aloqalari mustahkamlanishi uchun bor imkoniyatimni ishga solaman", — deb aytgan Jeenbekov tor doiradagi uchrashuvlar davomida.

O‘z navbatida, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Jeenbekovning tashrifidan bag‘oyat mamnunligini ta’kidlagan.

© Ofitsialniy sayt prezidenta KRPrezident Kirgizstana Sooronbay Jeenbekov pribil s ofitsialnim vizitom v Kazaxstan
Prezident Kirgizstana Sooronbay Jeenbekov pribil s ofitsialnim vizitom v Kazaxstan  - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Kirgizstana Sooronbay Jeenbekov pribil s ofitsialnim vizitom v Kazaxstan

"Sooronbay Sharipovich, saylanganingizdan buyon ikkinchi bor uchrashib turibmiz. Bunga qadar Minskda uchrashgandik, ko‘pgina masalalarni hal etgan edik. Endi esa mening taklifimga binoan rasmiy tashrif bilan keldingiz. Biz sizni kutgandik, xursandchilik bilan qarshi oldik. Qozog‘iston tomon Qirg‘iziston tomon qo‘yadigan har qanday masalani hal etishga hamisha tayyor.  Biz 26-yil davomida mustaqillik sharoitida yashayapmiz. Men o‘zim tomondan Qirg‘izistonni hech qachon so‘z bilan "turtkilamaganman". Bu to‘g‘ri, chunki bizlar kelib, ketaveramiz, ikki qo‘shni davlat esa qolaveradi. Har bir avlod oldida ushbu munosabatlarni keyingi avlodga topshirishdek mas’uliyat turibdi. Xush kelibsiz, men xursandman. Xalq sizni sayladi, ishonch bildirdi. Tabriklaymiz", — deb aytgan Nazarboyev tor doiradagi uchrashuv davomida.

Yangiliklar lentasi
0