TOShKENT, 26 sen — Sputnik. AQShdagi Rossiya elchixonasi Rossiyaga qarshi urush to‘g‘risida "qo‘llanma"ning paydo bo‘lishini "o‘ta tashvishli" holat deb biladi. Elchixona vakillari ikki mamlakat xavfsizlik masalalarida hamkorlik qilish tarafdori ekanligini bildirishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Ilgariroq internet tarmog‘ida AQSh tadqiqot markazlaridan biri tomonidan Pentagon uchun tayyorlangan qo‘llanmaning onlayn-versiyasi paydo bo‘lgan edi.
"Ushbu qo‘llanmada shaxsiy tarkibni Rossiya Harbiy Kuchlariga qarshi harakatlarni amalga oshirish bo‘yicha aniq choralar taklif qilingan. Amerika harbiylarining Rossiyaga qarshi mojaroga bu tarzda tayyorlashlari haqida dalillar, ayniqsa Yevropa xavfsizligi sohasidagi hozirgi, shundog‘am murakkab vaziyatda anchayin tashvishli holatdir", — deyiladi AQShdagi Rossiya elchixonasi matbuot-kotibi Nikolay Laxoninning bayonotida.
Laxoninning so‘zlariga ko‘ra, qo‘llanma mazmuni o‘tgan hafta Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov va AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson o‘rtasida bo‘ilb o‘tgan konstruktiv xarakterga ega bo‘lgan uchrashuvga tamomila zid.
AQSh Mudofaa vazirligi vakili, dengiz qo‘shinlari mayori Adrian Renkin-Gallouey ushbu "qo‘llanma" Pentagonning rasmiy siyosatini aks ettirmasligini, balki shunchaki ekspert fikri ekanligini ma’lum qilgan.