Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

© Sputnik / Aleksey Vitvitsky / Mediabankka o‘tishPrezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev, foto iz arxiva
Prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev, foto iz arxiva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev O‘zbekistonda Ilhom Aliyevning otasi – mustaqil Ozarbayjon asoschisi, davlat arbobi Geydar Aliyev xotirasiga beqiyos hurmat bilan munosabatda bo‘lishlarini bildiradi

TOShKENT, 24 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Ozarbayjon prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Azerbaydjana prinyal zamestitelya premyer-ministra Uzbekistana Alishera Sultanova - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Ozarbayjon prezidenti bilan uchrashdi

"Butun o‘zbek xalqi va shaxsan o‘z nomimdan sizni tavallud ayyomingiz munosabati bilan samimiy qutlayman hamda sizga cheksiz qoniqish hissi ila o‘zimning eng yaxshi tilaklarimni yetkazaman", deyiladi tabrik telegrammasida.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda Ilhom Aliyevning otasi – mustaqil Ozarbayjon asoschisi, davlat arbobi Geydar Aliyev xotirasiga beqiyos hurmat bilan munosabatda bo‘lishlarini bildiradi.

"Azal-azaldan tili va dini, qadriyat va an’analari umumiy bo‘lgan O‘zbekiston va Ozarbayjonni ahil qo‘shnichilik, do‘stlik, o‘zaro hurmat, ishonch, bir-birini qo‘llab-quvvatlash hamda o‘zaro hamkorlikka asoslangan birodarlik munosabatlari birlashtirib turadi. Bizning kelgusidagi yuqori darajadagi uchrashuvlarimiz ham do‘stlik munosabatlarini yanada chuqurlashtirishiga, o‘zaro hamkorlikning yuqori bosqichiga erishish uchun yangi ufqlarning ochilishiga xizmat qilishiga ishonaman", deydi O‘zbekiston prezidenti o‘z tabrigida.

Ilhom Aliyev 1961-yil 24-dekabrda Ozarbayjonning Boku shahrida tug‘ilgan. 2003-yil oktabridan buyon Ozarbayjon prezidenti hisoblanadi.

Uning otasi Geydar Aliyev 1993-2003 yillarda mamlakatni boshqargan.

Yangiliklar lentasi
0