Qo‘shni davlatlar aholisining O‘zbekistonga bo‘lgan ishonchi qay darajada

© Sputnik / Vadim ShekunMoskovskaya mejdunarodnaya vistavka Mitt "Puteshastviya i turizm"
Moskovskaya mejdunarodnaya vistavka Mitt Puteshastviya i turizm - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, keyingi bir yilda ayrim mamlakatlar aholisining qarashlarida keskin o‘zgarishlar yuz bergan

TOShKENT, 24 dek – Sputnik. Yevroosiyo Taraqqiyot bankining Integratsion tadqiqotlar markazi "YeOTB integratsion barometri" deb nomlangan integratsion tadqiqotlari natijasini e’lon qildi. Unda MDH mintaqasida yashovchi aholi o‘rtasida 2017-yil yozida o‘tkazilgan so‘rov natijalari keltirilgan.

MDHdagi eng baxtli insonlar O‘zbekistonda yashaydi

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, keyingi bir yilda ayrim mamlakatlar aholisining qarashlarida keskin o‘zgarishlar yuz bergan. Xususan, Qozog‘istonda aholining O‘zbekistonga nisbatan ishonchi 9 punktga — 24%ga oshgan.

Tojikistonda ham O‘zbekistonga nisbatan ishonchsizlik va xavotir 14%gacha pasaygan.

"Aytish mumkinki, Tojikiston aholisining ommaviy tafakkurini "O‘zbekiston do‘st emas" degan fikr tark etmoqda, zero 2012-yilda bu ko‘rsatkich 64%ni tashkil etgan", deyiladi tadqiqotda.

Qirg‘izistonda ham ana shunday fikrda bo‘lganlar miqdori 19 punktga kamayib, 33%ni tashkil etgan. 2016-yilda tadqiqotda ishtirok etganlarning 52%i "O‘zbekiston Qirg‘izistonga do‘st emas" degan fikrni bildirgan.

Qayd etilishicha, rossiyaliklarning O‘zbekistonga bo‘lgan ishonchi 4 punktga oshib, 26%ga yetgan. Bu kuzatuvlar o‘tkazilayotgan yillardagi eng yuqori natija hisoblanadi.

"YeOTB integratsion barometri" loyihasi 2012-yildan buyon faoliyat olib boradi. Tadqiqotlardan maqsad MDH mintaqasidagi davlatlar aholisining tashqi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va boshqa integratsion yo‘nalishlardagi fikrlarini bilishdir.

Yangiliklar lentasi
0