MDHdagi eng baxtli insonlar O‘zbekistonda yashaydi

Obuna bo‘lish
BMT buyurtmasiga ko‘ra tayyorlangan hisobotga ko‘ra, Norvegiya dunyoning aholisi eng baxtli bo‘lgan davlati ekan

TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Xalqaro baxt kuni — 20-martga atab Sustainable Development Solutions Network tashkiloti tomonidan tayyorlangan baxt bo‘yicha hisobotda O‘zbekiston 47-o‘rindan joy oldi. Undan keyingi o‘rinni Italiya egalladi. Tadqiqotga ko‘ra, o‘zbekistonliklarning 96%i o‘zlarini baxtli deb hisoblaydilar.

O‘zbekistonliklar - Sputnik O‘zbekiston
Salomatlik reytingida O‘zbekiston MDH davlatlari o‘rtasida 1-o‘rinni egalladi

Baxt darajasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda — Daniya, undan keyingi pog‘onalardan esa Islandiya, Shveysariya, Finlyandiya, Niderlandiya, Kanada, Yangi Zelandiya, Avstraliya va Shvetsiya joy olgan.

O‘zbekiston 49-o‘rindagi Rossiyani ham ortda qoldirib, MDH mamlakatlari orasida eng yuqori o‘rinni egalladi.

Ro‘yxatda Moldaviya 55-, Turkmaniston 59-, Qozog‘iston 60-, Belarus 67-, Ozarbayjon 85-, Tojikiston na 96-, Qirg‘iziston 98-o‘rinni egalladi. MDH davlatlari orasida Armaniston eng quyi — 121-o‘ringa joylashdi.

Hisobotda oltita omil e’tiborga olindi — aholi jon boshiga YaIM hajmi, umr ko‘rish davomiyligi, ijtimoiy ko‘mak, kishilar tomonidan qarorlarning erkin qabul qilinishi, korrupsiya darajasi va saxiylik.

Yangiliklar lentasi
0