O‘zbekistonda haydovchilardan texnik ko‘rik vaqtida tibbiy ma’lumotnoma so‘rash bekor qilindi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishSotrudnik servisnogo sentra osushestvlyayet texnicheskiy osmotr transportnogo sredstva
Sotrudnik servisnogo sentra osushestvlyayet texnicheskiy osmotr transportnogo sredstva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgari avtomobil egalari texnik ko‘rik vaqtida aynan mana shu ma’lumotnoma sababli muammolarga duch kelishardi

TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Endi O‘zbekistonda transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida haydovchilikka yaroqlilik tibbiy ma’lumotnomasini taqdim qilish kerak bo‘lmaydi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Voditel za rulem avtomobilya - Sputnik O‘zbekiston
O‘n ming nafar o‘zbekistonlik yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘ldi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bu to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi.

Ilgari avtomobil egalari texnik ko‘rik vaqtida aynan mana shu ma’lumotnoma sababli muammolarga duch kelishardi. Uni olish uchun bir nechta tibbiyot muassalarida kunlab navbatda turishga to‘g‘ri kelardi.

Endi transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida uning egasi pasporti, haydovchilik guvohnomasi, texpasport, gaz ballonining sinovdan o‘tkazilganligi haqidagi dalolatnoma (agar gaz ballon o‘rnatilgan bo‘lsa) va ko‘rik uchun yig‘im to‘lovi to‘langanligi haqidagi kvitansiyani taqdim etadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1-oktabrdan boshlab haydovchilik guvohnomalari va texnik pasportlar yangi namunadagilariga almashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0