O‘n ming nafar o‘zbekistonlik yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘ldi

CC0 / pixabay / Voditel za rulem avtomobilya
Voditel za rulem avtomobilya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi namunadagi guvohnomalar maxsus himoya vositalariga hamda ma’lumotlarni bevosita aloqasiz amalga oshirish imkonini beruvchi maxsus elektron belgilariga ega

TOShKENT, 15 dek — Sputnik. O‘zbekistonda 10 mingdan ortiq fuqaro yangi shakldagi haydovchilik guvohnoma olishdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Voditelskoe udostoverenie Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Haydovchilik guvohnomalarini berish uchun to‘lovning yangi miqdorlari tasdiqlandi

O‘tgan ikki oy davomida yangi namunadagi haydovchilik guvohnoma berilishi boshlangandan beri 1977 kishi avtomaktab o‘quv kurslarini bitirgan haydovchilar olishdi. 8404 kishi esa eski haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirishgan, deb ma’lum qilishdi Toshkent IIBB.

Bugungi kunda haydovchilik guvohnomalari poytaxtda — Chilonzor, Yunusobod, Sirg‘ali, shuningdek, "Fayzobod" dahasidagi ro‘yxatga olish va imtihon qabul qilish bo‘limida beriladi.

Yangi namunadagi guvohnomalar maxsus himoya vositalariga hamda ma’lumotlarni bevosita aloqasiz amalga oshirish imkonini beruvchi maxsus elektron belgilariga (NFC Smart-kart) ega bo‘lib, ularda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR), yuridik shaxslar uchun esa soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) saqlanadi.

Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi 10-yil muddatga beriladi. Amaldagi haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalariga almashtirish 2017-yil 1-oktabr — 2018-yil 31-dekabr davrida ixtiyoriy ravishda, 2019-yil 1-yanvar — 2020-yil 31-dekabr davrida- majburiy tartibda amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0