Toshkent shahar hokimligi: noxolislik kimga kerak?

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishXokimiyat Tashkenta
Xokimiyat Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hokimlik uylari buzilishga tushgan fuqarolarga Olmazor tumani hokimligi tomonidan qonun doirasida kafolat xatlari yuborilib, ularni uy bilan ta’minlash borasidagi ishlar amalga oshirilganligini ma’lum qildi

TOShKENT, 23 dek – Sputnik. Toshkent shahar hokimligi saytida "Noxolislik kimga kerak?" sarlavhasi ostida raddiya berildi.

"Yaqinda "Ozodlik radiosi" saytida ""Islom taraqqiyot markazi" quriladigan joydagi uylar kuch bilan buzib tashlandi" sarlavhasi ostida maqola chop etildi. Unda "Toshkentning Eski shahar qismidagi Hazrati Imom masjidi atrofidagi xonadon egalarining shikoyat qilishicha, 19-dekabr kuni bir necha xonadon kuch bilan buzib tashlandi" singari noxolis jumlalar mavjud", deyiladi unda.

Hokimlikning ma’lum qilishicha, Toshkent shahar hokimining 2017-yil 12-iyundagi 749-sonli qaroriga asosan Olmazor tumani Xastimom majmuasidan Zarqaynar va Qorasaroy ko‘chalari oralig‘ida joylashgan masofada noturar va turar-joy binolari bosqichma-bosqich buzilishi belgilangan. Shuningdek, qarorda noturar va turarjoy binolari buzilishga tushgan yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zarar turini va miqdorini qoplash bo‘yicha komissiya xulosasini Toshkent shahar hokimligiga taqdim etish nazarda tutilgan.

Hokimlik uylari buzilishga tushgan fuqarolarga Olmazor tumani hokimligi tomonidan qonun doirasida kafolat xatlari yuborilib, ularni uy bilan ta’minlash borasidagi ishlar amalga oshirilganligini ma’lum qildi.

Rabochie podgotavlivayut fundament na stroitelnoy ploshadke jilogo kompleksa - Sputnik O‘zbekiston
Olmazor tumanida 9 qavatli tajribaviy uy quriladi

"Uy egalari ham ularga buzilgan xonadonlari o‘rniga berilayotgan uylar bo‘yicha e’tirozlari yo‘qligi haqida ariza yozib bergan. Kafolat xatlarida turar joyi buzilishga tushgan fuqarolar uni olgandan so‘ng besh kun muddat ichida uyni bo‘shatib buzish ishlarini boshlash haqida ogohlantirilgan" deyiladi hokimlik tomonidan.

Hokimlikning bildirishicha, maqolada keltirilgan Xatira Alimovaga ham 2017-yil 30-noyabrdagi 01-620-sonli Kafolat xati taqdim etilgan va uning yozma roziligiga asosan 1 xonali Olmazor tumani Qora qamish 1/1 dahasi, 23-uy, 43-xonadon ajratib berilgan. Xatira Alimova ro‘yxatda turgan Olmazor tumani Zarqaynar 14-berk ko‘chasi 98-uyda 6 ta oila doimiy ro‘yxatda bo‘lib, shundan 3 ta oila doimiy yashab kelgan.

Xatira Alimovaning o‘g‘illari B.A.Kulmanov va G‘.R.Xodjayevlarga ham Yunusobod tumani Shahriston ko‘chasi hamda Olmazor tumani Yunusova ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylardan xonadonlar ajratib berilgan.

Jumladan, maqolada keltirilgan Xatira Alimovaga ham 2017-yil 30-noyabrdagi 01-620-sonli Kafolat xati taqdim etilgan va uning yozma roziligiga asosan 1 xonali Olmazor tumani Qora qamish 1/1 dahasi, 23-uy, 43-xonadon ajratib berilgan. Xatira Alimova ro‘yxatda turgan Olmazor tumani Zarqaynar 14-berk ko‘chasi 98-uyda 6 ta oila doimiy ro‘yxatda bo‘lib, shundan 3 ta oila doimiy yashab kelgan. Xatira Alimovaning o‘g‘illari B.A.Kulmanov va G‘.R.Xodjayevlarga ham Yunusobod tumani Shahriston ko‘chasi hamda Olmazor tumani Yunusova ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylardan xonadonlar ajratib berilgan.

Yangiliklar lentasi
0