Olmazor tumanida 9 qavatli tajribaviy uy quriladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishRabochie podgotavlivayut fundament na stroitelnoy ploshadke jilogo kompleksa
Rabochie podgotavlivayut fundament na stroitelnoy ploshadke jilogo kompleksa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qurilish 2017-2018 yillar davomida Toshkentning Olmazor tumanidagi sobiq "Toshkent chinni zavodi" hududida amalga oshiriladi

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Toshkent shahrida tez quriluvchi va arzon turar-joylar qurishni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Nuz.uz.

Kottedji po tipovim proyektam - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston yoshlari yangi uylar bilan ta’minlanadi

Xabarga ko‘ra, 2017-2018 yillar davomida poytaxtning Olmazor tumanidagi sobiq "Toshkent chinni zavodi" hududida "Yangi Olmazor" turar-joy majmuasi quriladi. Majmua oltita 9 qavatli ko‘p xonadonli uy hamda zamonaviy energiya samador texnologiyalarni joriy etish orqali qurilish konstruksiyalari va mahsulotlaridan foydalangan holda qurilgan bitta 9 qavatli tajribaviy ko‘p xonadonli uyni o‘z ichiga oladi.

Qurib bitkazilgan turar-joylar asosan yosh oilalar, eskirgan uylarda yashovchilar hamda turar-joy sharoitlari yaxshilanishi lozim bo‘lgan fuqarolarga taqdim etiladi.

Turar-joy majmuasi jismoniy shaxslarning boshlang‘ich to‘lovlari (xonadon qiymatining 25%i), Davlat budjeti mablag‘lari va boshqa manbalar hisobidan quriladi.

Tashqi va ichki muhandislik tarmoqlari, yo‘llar, yo‘laklar, uy hovlisidagi inshootlar, bolalar maydonchalari, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, loyihani ishlab chiqish Toshkent shahar mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan tashkilotlar imtiyoz va preferensiyalardan foydalanadi.

Yangiliklar lentasi
0