O‘zbekistondagi 5 klubning hech qaysi futbolchisi belgilangan normativlardan o‘ta olmadi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishFutbolist na pole
Futbolist na pole - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sinovlardan o‘ta olmagan futbolchilar chempionatda ishtirok eta olmaydilar

TOShKENT, 23 dek – Sputnik. 30 metrga yugurish va uzunlikka sakrash bo‘yicha hozircha 5ta klubning hech qaysi futbolchisi belgilangan normativlardan o‘ta olmadi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi tomonidan milliy chempionatda ishtirok etuvchi klub futbolchilaridan o‘zbek futboli tarixida birinchi marta test-sinovlari olinmoqda. Shu kunga qadar O‘FF tomonidan tasdiqlangan reja asosida "Olmaliq", "Mash’al", "Navbahor", "Qo‘qon-1912", "Sementchi" klublari futbolchilari normativlarni topshirishdi.

Vadim Abramov - Sputnik O‘zbekiston
O‘FF qarorini “axmoqona” degan Abramov – litsenziyasidan mahrum bo‘ldi

Normativlar 4ta bosqich: 30 metrga yugurish, turgan joyidan uzunlikka sakrash, 7x50 metrga yugurish va "Yo-Yo" testdan iborat.

Xabarga ko‘ra, 7x50 metrga yugurish sinovidan "Olmaliq"ning 32 futbolchisidan 2tasi, "Mash’al"ning 25 futbolchisidan 4tasi, "Qo‘qon-1912"ning 21 futbolchisidan 1tasi, "Navbahor"ning 15 futbolchisidan 3tasi o‘tgan. "Sementchi"ning 21 futbolchisidan birortasi ham sinovni topshira olmagan.

"Yo-Yo" testda ham ahvol maqtangudek emas. Bu borada eng yuqori ko‘rsatkich "Navbahor"da bo‘lib, 13 futbolchidan 5tasi sinovdan o‘tgan. "Mash’al"ning 22 va "Sementchi"ning 21 futbolchisidan faqat ikkitadan futbolchi normativni topshira olgan. "Qo‘qon-1912"ning 17 futbolchisidan 5 nafari sinovdan o‘ta olgan.

30 metrga yugurish va uzunlikka sakrash bo‘yicha hozircha 5ta klubning hech qaysi futbolchisi belgilangan normativlardan o‘ta olmagan.

Normativlar topshira olmagan futbolchilarga milliy chempionat boshlangunga qadar muhlat beriladi.

"Superliga boshlanishidan avval klub futbolchilaridan yana bir bor normativlar qabul qilinadi. Sinovlardan o‘ta olmagan futbolchilar chempionatda ishtirok eta olmaydilar", deyiladi xabarda.

O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonovning aytishicha, bunday normativlar bundan buyog‘iga doimiy ravishda futbolchilardan olinadi. Futbolchilarning jismoniy holati hamisha nazoratda bo‘ladi.

"Tartib-intizom hamisha birinchi o‘rinda bo‘lishi kerak. Qayerdaki, tartib-intizom o‘rnatilmas ekan, o‘sha yerda natijalar ham salbiylashib boraveradi. O‘z ustida ishlamaydigan, tartib-intizomga amal qilmaydigan futbolchi va murabbiylardan natija kutish ham mantiqan noto‘g‘ri. Bir so‘z bilan aytganda, tartib-intizomga rioya qilmaydiganlarga oramizda o‘rin yo‘q”, — degan u.

Yangiliklar lentasi
0