TOShKENT, 23 dek – Sputnik. "O‘zbekenergo" AJ 2011-2017 yillar uchun shartnomalar bo‘yicha yetkazib berilgan elektr energiyasi va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun "KEGOC" AJ oldidagi asosiy qarzini to‘liq hajmda to‘ladi. Bu haqda "KEGOC" AJ matbuot xizmati xabar berdi.
"Ushbu shartnomalar Qozog‘iston yagona elekt energiya tizimi va O‘zbekiston energiya tizimining ishonchli va parallel faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida tuzilgandi. Shu bilan birga, keyingi yillarda O‘zbekiston energiya tizimi tomonidan to‘lovlar to‘lanmay kelayotgandi", deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Xabarga ko‘ra, "O‘zbekenergo" AJ 2011-2017 yillardagi asosiy qarz uchun 143 mln dollar to‘lagan.
Matbuot xizmatining bildirishicha, "KEGOC" AJ va "O‘zbekenergo" AJ o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari yangi sifat darajasiga ko‘tarildi. Kompaniya "O‘zbekenergo" AJ bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirishni ko‘zda tutmoqda.