Qirg‘iziston O‘zbekistonga qish mavsumida elektr energiyasi yetkazib beradi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishGRES
GRES - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq Qirg‘iziston O‘zbekistonga 1 kVt.s. uchun 2 sent qiymatida elektr energiyasi yetkazib berishi ma’lum bo‘lgandi

TOShKENT, 30 noya – Sputnik. Qirg‘iziston O‘zbekistonga dekabr-mart oylarida elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzdi. Bu haqda "Milliy energetika xolding kompaniyasi" OAJ boshqaruvi raisi Oybek Kaliyev ma’lum qildi, deb xabar berdi knews.kg.

Remont linii elektroperedach - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekenergo" vodiyni elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan loyihani yakunlash arafasida

Kaliyevning aytishicha, Qirg‘iziston 550 mln kVt.s elektr energiyasi yetkazib berishni mo‘ljallamoqda.

"1 kVt.s. elektr energiyasining eksport narxi 2,4 sentni tashkil etadi", degan u.

Ilgariroq Qirg‘iziston O‘zbekistonga 1 kVt.s. uchun 2 sent qiymatida elektr energiyasi yetkazib berishi ma’lum bo‘lgandi. Shartnoma hajmi 1,25 mlrd kVt.s uchun 25 mln dollarni tashkil etadi.

Mazkur shartnoma esa joriy yilda tuzilgan ikkinchi shartnomadir.

Yangiliklar lentasi
0