Telegram asoschisi O‘zbekistonda o‘z kriptovalyutasini chiqaradimi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishMessendjer Telegram na ekrane telefona
Messendjer Telegram na ekrane telefona - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Telegram foydalanuvchilari bo‘yicha O‘zbekiston Eron va Malayziyadan keyin uchinchi o‘rinda turadi

TOShKENT, 23 dek – Sputnik. Telegram asoschisi Pavel Durov o‘z kriptovalyutasini chiqarishni ko‘zda tutmoqda. Bu haqda ilgari u bilan birga hamkorlik qilgan va keyinchalik sudlashgan Anton Rozenberg "bozor ishtirokchilari"dan eshitgan gaplariga tayanib Facebookdagi sahifasida yozdi.

Telegram terrorizm bilan bog‘liq bo‘lgan 8,5 ming dona kanal faoliyatini cheklab qo‘ydi

Uning yozishicha, loyiha TON — Telegram Open Network deb nomlangan. Rozenbergning fikricha, Durov ehtimol, Telegram kriptovalyuta to‘lov tizimi Eron va O‘zbekistonda keng ommalashishiga umid qilayotgan ko‘rinadi.

"Telegramning asosiy foydalanuvchilari Eron va O‘zbekistonda. Eronda sanksiyalar sababli hech qanday xalqaro to‘lov tizimi ishlamaydi, O‘zbekistonda esa valyuta islohoti endigina boshlandi. Asosiy savol shundaki, bu mamlakatlar hukumati Telegram ularning ichki valyutalari – real va so‘mni o‘zining davlat nazorat qila olmaydigan valyutasiga almashtirishiga qanday qaraydi? Ular messenjerni bloklashga qaror qilishmaydimi", deb yozadi u.

Eslatib o‘tamiz, Telegram foydalanuvchilari bo‘yicha O‘zbekiston Eron va Malayziyadan keyin uchinchi o‘rinda turadi.

Durov yaqinda Bloomberg nashriga bergan intervyusida kelgusi yili Telegramni monetizatsiya qilish niyati borligini tasdiqlagandi.

Yangiliklar lentasi
0