TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Telegram oktabr oyida 8,5 ming dona kanal ish faoliyatini cheklab qo‘ydi. Bu haqda messejer yaratuvchisi Pavel Durov ma’lum qildi. "Komsomolskaya pravda" nashri xabariga asosan.
Durov so‘zlariga ko‘ra, Telegramda zo‘ravonlikni barcha shakllarda targ‘ib qilish taqiqlanadi.
Dasturchi foydalanuvchilarga yuklamadan foydalanishning umumiy qoidalarini eslatib o‘tdi.
Telegram orqali zo‘ravonlikni targ‘ib qilish va tinch aholiga ziyon yetkazish mumkin bo‘lgan harakatlarga chorlash "umuman mumkin emas".
"Mahalliy hukumatni tanqid qilish, amaldagi vaziyatga norozilik bildirish va siyosiy bellashuvlar — bu yaxshi. Lekin zo‘ravonlikni targ‘ib qilish va tinch aholiga ziyon yetkazish mumkin bo‘lgan harakatlarga chorlash — mutlaqo mumkin emas", — deb ta’kidladi Durov o‘zining Telegram-kanalida.
Eslatib o‘tamiz, sal ilgariroq oktabr oyida Moskva sudi tomonidan Federal xavfsizlik xizmatiga ushbu dastur kodlari bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etmaganligi holati yuzasidan Telegram messejerini 800 ming rublga jarimaga tortgandi.