TOShKENT, 22 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, bugun, 22-dekabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda eng katta armoni nima ekani haqida to‘xtalib o‘tdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.
Tadbirkorlar haqida gapirar ekan, Mirziyoyev britaniyalik siyosatchi Uinston Cherchilni esga oldi. "Cherchillni ko‘proq o‘qigan odam kam bo‘lmaydi, u bizning hayotimizga mos gaplarni aytgan. Men sizlarga uning tadbirkorlar haqida jaydari tilda aytgan gapini misol keltirmoqchiman.
"Ba’zilar tadbirkor deganda sog‘in sigirni, ba’zilar og‘ir aravani tortayotgan mehnatkash otni tushunadi", degan.
Cherchil bekorga aytmagan bu gaplarni. Yakka hokimlikka hech kimning haqqi yo‘q", — dedi O‘zbekiston prezidenti va barchaga Cherchillni ko‘proq o‘qib turishni maslahat berdi.