Mirziyoyev: tadbirkorning rivojlanishiga davlat idoralari yo‘l qo‘ymayapti

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPosetiteli rasmatrivayut futbolki na Mejdunarodnoy xlopkovoy vistavke v Tashkente
Posetiteli rasmatrivayut futbolki na Mejdunarodnoy xlopkovoy vistavke v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident bozor iqtisodiyoti sharoitida keng, teng va halol raqobat muhitini yaratish kerakligini ta’kidladi hamda ikki yil davomida tadbirkorlarni tekshirish man etilishini taklif qildi

TOShKENT, 22 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida mamlakatda tadbirkorlik faoliyatining faol rivojlanmayotganganiga e’tibor qaratdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar bermoqda.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Sudlar hali-hamon adolat qaror topadigan maskanga aylanmadi – prezident

"O‘zbekistonda nima uchun tadbirkorlik rivojlanmayapti? Tadbirkorning rivojlanishiga davlat idoralari yo‘l qo‘ymayapti. Joylarda amaldorlar faqat o‘z shaxsiy manfaatlarini o‘ylab ish ko‘rmoqda", dedi Mirziyoyev.

Prezident davlat arbobi Uinston Cherchillning "Ba’zilar tadbirkor deganda sog‘in sigirni, faqat ba’zilar og‘ir aravani tortayotgan mehnatkash otni tushunadi", degan so‘zlarini msiol qilib keltirdi.

"Import qilinadigan mahsulotlarni olib kirish huquqi ayrim guruhlar qo‘liga to‘planib, mo‘may daromad manbaiga aylanganini oqlab bo‘lmaydi. Ba’zi korxonalarga imtiyozlar berish orqali monopoliyaga yo‘l qo‘ydik", dedi O‘zbekiston rahbari.

Prezident bozor iqtisodiyoti sharoitida keng, teng va halol raqobat muhitini yaratish kerakligini ta’kidladi hamda ikki yil davomida tadbirkorlarni tekshirish man etilishini taklif qildi.

Yangiliklar lentasi
0