AQShda IDni qo‘llab-quvvatlagan o‘zbekistonlik 15-yilga qamaldi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovMujchina v naruchnikax
Mujchina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abdurasul Jo‘raboyev internetda AQShning o‘sha davrdagi prezidenti Barak Obamaga suiqasd qilish bilan tahdid qilgan. U shuningdek, jangarilarga qo‘shilish uchun Suriyaga borishini bildirgan

TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Nyu-Yorkda O‘zbekiston fuqarosi Abdurasul Jo‘raboyev "Islom davlati" terrorchilik guruhini qo‘llab-quvvatlagani uchun 15-yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Nyu-York sharqiy okrug federal prokurori idorasiga tayanib RIA Novosti xabar berdi.

Iroq politsiyachilari - Sputnik O‘zbekiston
"ID" jangarilarining 400ga yaqin xotinlari Iroqdagi lagerga tushdi, orasida o‘zbeklar bor

Jo‘raboyev terrorchilik tashkilotini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jinoyat ishiga aloqador olti shaxsdan biridir. U xorij terrorchilik tashkilotini moddiy qo‘llab-quvvatlashda aybdor deb topildi. Jazo muddatini o‘taganidan so‘ng u O‘zbekistonga deportatsiya qilinadi.

Ish hujjatlariga ko‘ra, Jo‘raboyev 2014-yilda internet orqali prezident Barak Obamaga suiqasd qilish bilan tahdid qilgan. U shuningdek, jangarilarga qo‘shilish uchun Suriyaga borishini bildirgan.

Nyu-York politsiyasi boshlig‘i Jeyms O'Nilning aytishicha, u Bruklinda istiqomat qilgan va Suriyaga borishni rejalashtirgan.

"Agar bunga erisha olmasa, u Koni-Aylendda bomba portlatish yoki Qo‘shma Shtatlar prezidentini o‘ldirishni rejalashtirgan", — dedi politsiya boshlig‘i.

Yangiliklar lentasi
0