Davlat boshqaruvini haddan tashqari markazlashtirishdan voz kechiladi

Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev o‘z Murojaatnomasida eng og‘ir muammolardan biri davlatning funksiya va vakolatlari haddan tashqari markazlashib ketganligini qayd etdi

TOShKENT, 22 dek – Sputnik. O‘zbekiston tarixida ilk marotaba prezidentning parlamentga Murojaatnomasi taqdim etildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

Plenarnoe zasedanie Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Prezident deputatlar ma’qullagan davlat budjetini imzolamasligini aytdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z Murojaatnomasida eng og‘ir muammolardan biri davlatning funksiya va vakolatlari haddan tashqari markazlashib ketganligini qayd etdi. Masalan, hozirgi vaqtda 64 ta litsenziya turi mavjud bo‘lsa, shundan 21 tasi Vazirlar Mahkamasi va 40 tasi markaziy idoralar tomonidan beriladi. Bu litsenziyalarning uchtasi viloyat hokimliklari va faqatgina bittasi tuman hokimliklari vakolatiga tegishlidir.

Shundan kelib chiqib, Shavkat Mirziyoyev davlat boshqaruvini haddan tashqari markazlashtirishdan voz kechish zarurligini ta’kidladi. Buning uchun ko‘pgina vakolatlarni markaziy davlat organlaridan hududiy organlarga o‘tkazish kerakligini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0