TOShKENT, 22 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida sud va huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatiga tanqidiy baho berdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar bermoqda.
"Sudlar hali-hamon adolat qaror topadigan maskanga aylanmadi. Xalq sudlardan norozi. Hammasi eski tos, eski hammom. Bu sohadagi islohotlarni qat’iy va izchil davom ettiramiz. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga xalqning o‘zi baho beradi. Ularga bo‘ladigan qat’iy talab xalqning huquq va manfaatlarini himoya qilishdir", dedi prezident.
Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekiston tarixida ilk bor prezident Oliy Majlisga Murojaatnoma yo‘llamoqda.