Chegarachilar yirik miqdorda ko‘knori olib kirilishining oldini olishdi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovMujchina v naruchnikax
Mujchina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni paytda Jizzax viloyati MXX tomonidan qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

TOShKENT, 21 dek — Sputnik. O‘zbekiston chegarachilari Tojikistondan yirik miqdorda ko‘knor giyohvand moddasini olib kirishga urinishni fosh etishdi. Bu haqda Sputnik muxbiriga MXX davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasi vakili ma’lum qildi.

Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda giyohvand moddalar tayyorlangan bangixona aniqlandi

Jizzax viloyati Baxmal tumani tog‘li hududida 5,8 kilo ko‘knori giyohvand moddasini olib kirishga harakat qilishgan.

"Giyohvand moddalarni So‘g‘d viloyati Panjikent tumanida istiqomat qiluvchi Tojikiston fuqarolari 1976-yilda tug‘ilgan Akmaljon Gulmurodov va 1990-yilda tug‘ilgan Olovuddin Ibodullayev tomonidan olib kirilgan", — deb ta’kidlandi MXX DChHQQ vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, narkosavdogarlar giyohvand moddalarni sotish maqsadida respublikaga olib kirishgan.

Ayni paytda Jizzax viloyati MXX tomonidan qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0