TOShKENT, 21 dek – Sputnik. 2018-yildan O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga taksi xizmatlarini ko‘rsatish huquqi taqdim etiladi. Mahalliy OAVning xabar qilishicha, bu haqda Oliy Majlis Senatining 13-yalpi majlisi chog‘ida O‘zbekiston moliya vaziri Jamshid Qo‘chqarov ma’lum qilgan.
Xabarda aytilishicha, yuridik shaxs tashkil etmay yoki firmaga ishga kirmay turib taksi xizmati ko‘rsatish bilan shug‘ullanish uchun jismoniy shaxslar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tib, tegishli litsenziyani olishi kerak bo‘ladi.
Yangi tartib to‘rt nafargacha yo‘lovchi o‘rindig‘i mavjud avtomobillarda odam tashishga joriy etiladi.