Abdulaziz Kamilov Kobulda Afg‘oniston prezidenti bilan uchrashdi

© MID UzbekistanaVizit Abdulaziza Kamilova v Afganistan
Vizit Abdulaziza Kamilova v Afganistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston rahbari tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalarda O‘zbekiston-Afg‘oniston muloqotini kengaytirishdan manfaatdor ekanligini yana bir bor tasdiqladi

TOShKENT, 21 dek – Sputnik. 21-dekabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Afg‘oniston Islom Respublikasida bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani bilan shu yilning 4-6 dekabr kunlari Toshkent shahrida erishgan kelishuvlarini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Kobul shahrida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

Yubileyniy avtomobil ISUZU vipustil Samarkandskiy avtozavod - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Afg‘onistonga 25ta avtobus va 3ta traktor sovg‘a qildi

Muzokaralarda hamkorlikning amaliy jihatlari muhokama qilindi, jumladan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, ta’lim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi “Arg” saroyida prezident Muhammad Ashraf G‘ani tomonidan qabul qilindi. Afg‘oniston rahbari tomonlarni qiziqtirgan barcha sohalarda O‘zbekiston-Afg‘oniston muloqotini kengaytirishdan manfaatdor ekanligini yana bir bor tasdiqladi.

Ta’kidlanganidek, Surxon – Puli-Humri elektr uzatish tarmog‘i va Mozori-Sharif – Shibirg‘on – Maymana – Hirot temir yo‘lini birgalikda qurilishi, O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlikda boshqa yirik loyihalarni tadbiq etish Afg‘oniston uchun strategik ahamiyat kasb etadi.

Kobul shahrida Abdulaziz Kamilovning Afg‘oniston Milliy birdamlik hukumatining Ijroiya kengashi raisi Abdulla Abdulla, tashqi ishlar vaziri Salohuddin Rabbani, moliya vaziri Eklil Hakim, prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Muhamma Hanif Atmar bilan ham uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Shu kunning o‘zida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Afg‘onistonning qator vazirlik va idoralari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Yangiliklar lentasi
0