"Sho‘rtan" klubi jarimaga tortildi va zayavka hujjatlarini rasmiylashtirish vaqtincha taqiqlandi

© fotoliaFutbolniy mach
Futbolniy mach - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
agar "Sho‘rtan" PFK bir qator futbolchilari oldidagi qarzlaridan o‘z vaqtida qutulmasa, mazkur klubning O‘FF hamda PFL bayrog‘i ostida o‘tadigan musobaqalarda ishtirok etishi masalasi ko‘rib chiqiladi

TOShKENT, 21 dek – Sputnik. "Sho‘rtan" professional futbol klubi O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi futbolchilarning maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitasi qarorini o‘z vaqtida bajarmayotgani sababli jarimaga tortildi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.

Futbolniy klub Paxtakor - Sputnik O‘zbekiston
"Paxtakor"ga 50 mln, "Nasaf"ga 100 mln so‘m jarima solindi

"G‘uzorning "Sho‘rtan" klubiga 2017-yilgi nohavaskor va yarim professional futbol klublari o‘rtasidagi musobaqa reglamenti, Tartib-intizom Kodeksi 5-Modda, 1-bo‘lim, 5.25-bandiga asosan, shuningdek 5-Modda, 4-bo‘lim, 5.57-bandiga ko‘ra 5 million so‘m miqdorida jarima belgilandi va 2018-yil uchun zayavka hujjatlarini rasmiylashtirish vaqtincha taqiqlandi", deyiladi xabarda.

Xabarda bildirilishicha, agar "Sho‘rtan" PFK bir qator futbolchilari oldidagi qarzlaridan o‘z vaqtida qutulmasa, mazkur klubning O‘FF hamda PFL bayrog‘i ostida o‘tadigan musobaqalarda ishtirok etishi masalasi ko‘rib chiqiladi.

Yangiliklar lentasi
0