"Paxtakor"ga 50 mln, "Nasaf"ga 100 mln so‘m jarima solindi

Obuna bo‘lish
Agar kelgusida shunday harakatlar takrorlanadigan bo‘lsa, har ikki klub bundanda keskinroq tarzda jazolanishi, "Nasaf" klubi muxlislari tomonidan shunday harakatlar takrorlansa, jamoa kelgusi uy uchrashuvlarini muxlislarsiz o‘tkazishi mumkin

TOShKENT, 22 noya – Sputnik. O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi Tartib-intizom qo‘mitasi qaroriga binoan "Paxtakor" klubi 50 million, "Nasaf" klubi 100 yuz million so‘m miqdorida jarimaga tortilishi belgilandi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar bermoqda.

Futbolist na pole - Sputnik O‘zbekiston
"Buxoro" futbol klubi 55 million so‘mlik jarimaga tortildi

Xabarda aytilishicha, 19-noyabr kuni Oliy Liga 29-turi doirasida Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan "Nasaf" – "Paxtakor" uchrashuvidan so‘ng "Paxtakor" klubi darvozaboni Aleksandr Lobanov "Nasaf" klubi muxlislari uning sha’niga noloyiq so‘zlarini yo‘llab, haqorat qilishgan. "Paxtakor" darvozaboni esa bunga noo‘rin harakatlar bilan javob qaytargan.

"Mazkur holat PFL Tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan o‘rganib chiqilgach, futbolchi Aleksandr Lobanovning harakatlari sabab uning jamoasi "Paxtakor" klubi 50 000 000 (ellik million) so‘m miqdorida jarimaga tortilishi belgilandi.

O‘z navbatida, "Nasaf" klubi muxlislarining muxlislik madaniyatiga zid harakatlari sababli jamoa 100 000 000 (yuz million) so‘m miqdorida jarimaga tortilishi belgilandi", deyiladi xabarda.

Agar kelgusida shunday harakatlar takrorlanadigan bo‘lsa, har ikki klub bundanda keskinroq tarzda jazolanishi, "Nasaf" klubi muxlislari tomonidan shunday harakatlar takrorlansa, jamoa kelgusi uy uchrashuvlarini muxlislarsiz o‘tkazishi qo‘shimcha qilingan.

Yangiliklar lentasi
0