Vazir Qo‘chqorov: 2018-yilda oyliklar pulning qadrsizlanishiga qarab ko‘tariladi

© SputnikKoshelek s dengami
Koshelek s dengami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018 yilda Davlat budjetidan ijtimoiy soha uchun 34,7 million so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan

TOShKENT, 21 dek — Sputnik. 2018 yilda oyliklar pulning qadrsizlanishiga qarab ko‘tariladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisidagi ma’ruzasida aytib o‘tdi.

Rabota investitsionnoy kompanii  v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Moliya vaziri: kelasi yil inflyatsiya darajasi yuqori bo‘ladi

Kelgusi yilda budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiya va nafaqalar miqdori inflyatsiya darajasidan past bo‘lmagan sur’atlarda oshiriladi. Buning uchun Davlat budjeti va Pensiya jamg‘armasi loyihalaridan qariyb 2 trillion so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratish rejalashtirilmoqda.

2018 yilda Davlat budjetidan ijtimoiy soha uchun 34,7 million so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston budjetning jami xarajatlari 62,2 trillion so‘mni tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0