Aliment to‘lamaganlar qay tarzda jazolanadi? O‘zbekistonda yangi qonun muhokama qilinmoqda

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishOna va bola
Ona va bola - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qonun loyihasidan ko‘zlangan asosiy maqsad bu aliment to‘lovlaridan qarzdor bo‘lgan shaxslarni jinoiy ta’qib qilishoki jinoiy javobgarlikka tortish emas, balki aliment to‘lovlarni to‘laqonli undirilishini ta’minlashdir

TOShKENT, 10-may — Sputnik. Aliment to‘lovlarini to‘lash masalalarni tartibga solishni nazarda tutgan "O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi Qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarni muhokamasi portalida umumiy muhokamaga qo‘yilgan.

Sud zali - Sputnik O‘zbekiston
Aliment pulidan qarzdorlarning O‘zbekistondan chiqishi vaqtincha cheklandi
Yangi normativ-hujjat talablariga asosan, bir oydan ortiq aliment to‘lovlarini to‘lamagan shaxslarga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoqqa olish chorasini qo‘llash haqida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksiga qo‘shimcha band kiritiladi. Bu voyaga yetmaganlarni boqish yoki ishlashga layoqati bo‘lmagan va moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan ota-onalarga tegishli bo‘ladi.

Shuningdek, alimentni to‘lashdan bo‘yin tovlash faqat takroran sodir etilgan taqdirda jinoiy javobgarlikka tortiladi, ya’ni 2-yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazo choralarini ko‘llash belgilash ko‘zda tutilmoqda.
Shu bilan birga, qonun loyihasida xorijga chiqish uchun qarzdor shaxs tomonidan aliment to‘lovlarini oldindan to‘lash va garov miqdori haqidagi band kiritilgan.

Qonun loyihasida ko‘zlangan asosiy maqsad bu davlat tomonidan aliment to‘lovlari bo‘yicha qarzdor shaxslarni jinoiy ta’qib qilish yoki jinoiy javobgarlikka tortish emas balki ular tomonidan aliment to‘lovlarni to‘laqonli to‘lashni ta’minlashga qaratilgan.

19 may kuni ushbu normativ-hujjat loyixasi muhokama qilish jarayoni yakunlanadi. 2017-yil 1-iyuldan qonun loyihasini kuchga kiritish rejalashtirilgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0