TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Shu yil dekabr oyida O‘zbekiston tijorat banklari valyuta kartalar bo‘yicha qator cheklovlarni bekor qilishdi. Endi xorijiy onlayn-do‘konlarida to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati joriy etildi. Shuningdek, UzCard milliy valyuta hisobidan plastik kartalarini to‘ldirish mumkin. Ammo buning uchun shaxsan banka kelish zarur.
Qachon bu xizmat onlayn tartibda ishlaydi? Ya’ni bank saytidagi shaxsiy kabinet, UzCard tizimi yoki mobil yuklama orqali.
Matbuot anjumanda TIF Milliy bank strategik rivojlanish departamenti direktori o‘rinbosari Bunyod Esanbayev onlayn ayirboshlash tizimini joriy etish uchun nima to‘sqinlik qilayotganligini aytdi. Bu haqda Podrobno.uz nashri xabar qildi.
"Bugungi kunda bank tizimini tartibga soluvchi milliy qonun hujjatlarida tijorat banklariga bu xizmatni amalga oshirish imkonini beradigan hujjatlar mavjud emas. Lekin tegishli hujjatni ishlab chiqish jarayoni ketmoqda. 2018-yilda qonunchilikdagi o‘zgarishlarni qabul qilish bilan ushbu xizmat amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘lishi kutilmoqda. Texnik jihatda xizmatni amalga oshirish bo‘yicha hech qanday muammo yo‘q", — deb ta’kidladi mutaxassis.
Bugungi kunda deyarli har bir tijorat banki o‘z mobil yuklamasi va mobil banking xizmatiga ega. Lekin bu yerda gap milliy valyutadagi hisoblar to‘g‘risida ketmoqda.
Valyuta bozori liberalizatsiyasi birinchi bosqichi nisbatan yaqinda boshlanganligiga qaramasdan, ayrim tijorat banklar, xususan Milliy bank va Kapitalbank bu kabi valyuta kartalarni boshqarish bo‘yicha yangi xizmat turalarini ishga tushirishdi.
Banklarning valyuta kartalari va konversion kartalar uchun yuklamalar to‘lovlar tarixini ko‘rish, pin kodni o‘zgartirish, qulfni bloklash va bekor qilish imkonini beradi. Biroq, valyuta va so‘m kartalar o‘rtasida onlayn ayirboshlash imkoniyati mavjud emas.