TIKA agentligi O‘zbekistonda 23,6 million $lik 700 ta loyiha amalga oshirildi

Obuna bo‘lish
Shu yil oktabr oyida Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikning turli yo‘nalishlariga doir 20 dan ortiq hujjat imzolangan

TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) O‘zbekistonda shu kungacha 23,6 million dollar miqdoridagi 700 ga yaqin grant loyihalari amalga oshirilgan. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan (sprava) i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-dekabr kuni respublikaga tashrif buyurgan Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) prezidenti Serdar Chamni qabul qildi.

Uchrashuv chog‘ida iqtisodiy, madaniy, ta’lim, sog‘liqni saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, turizm va ijtimoiy ahamiyatga molik boshqa qator sohalarda amalga oshirilayotgan loyiha va dasturlar hajmini bir necha barobar ko‘paytirish bo‘yicha kelishib olindi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 25-26 oktabr kunlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga davlat tashrifini amalga oshirdi. Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlikning turli sohalariga doir 20 dan ziyod hujjat imzolandi.

Yangiliklar lentasi
0