TOShKENT, 20 dek — Sputnik. "Kirgiz temir jolu" milliy kompaniyasi O‘zbekiston va Qozog‘iston temir yo‘l kompaniyalari bilan "Toshkent-Ribachye" yo‘nalishida poyezd qatnovi kelishuvdan o‘tkazilganligini ma’lum qildi. Bu haqda temir yo‘l kompaniyasi matbuot xizmati xabar qildi.
2018 yil yoz mavsumida poyezd haftada bir marta qatnaydi. Ushbu qatnovni amalga oshirish uchun "O‘zbekiston temir yo‘llari" poyezdlari jalb qilinadi.
Hozirgi kunda "Toshkent-Ribachye" yo‘nalishida poyezd qatnovi jadvali va tariflarini tuzish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Issiqko‘lga temir yo‘l qatnovini yo‘lga qo‘yish borasida kelishuv yaqinda Qirg‘iziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov Toshkentga amalga oshirgan tashrif davomida erishilgan.