Qirg‘iziston Toshkent-O‘sh yangi aviaqatnovini ochishni taklif qildi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishBoing 767-300 aviakompanii "Uzbekskie avialinii"
Boing 767-300 aviakompanii Uzbekskie avialinii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yil iyul oyida O‘zbekiston va Qirg‘iziston aviatsiyasi ma’muriyatlari so‘nggi 9-yil ichida ilk bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishdi. Bundan tashqari, Toshkent-Issiqko‘l yo‘nalishida aviaqatnov yo‘lga qo‘yilgandi

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Qirg‘iziston Toshkent-O‘sh shaharlari orasida yangi aviaqatnovni ochishni taklif qildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Saaranbay Jeenbekov vruchil orden Shavkatu Mirziyoyevu - Sputnik O‘zbekiston
"Men bugun baxtliman": "Danaker" ordeni bilan taqdirlangan Mirziyoyevning samimiy nutqi

"Ikki davlat viloyatlari o‘rtasida aviaqatnovlarni kengaytirishimiz zarur. Ayniqsa, Toshkent va O‘sh o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yangi qatnovni yo‘lga qo‘yish dolzarb masala bo‘lib qoldi. Yangi transport qatnovlari ikki davlat sayyohlik salohiyatini yanada rivojlantiradi", — deb ta’kidladi Qirg‘iziston iqtisodiyot vaziri Artem Novikov.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu ikki shahar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar aholi orasida katta talabga ega bo‘ladi. Bu O‘sh shahrida nafaqat aholi ko‘pligi jihatidan Qirg‘izistonda ikkinchi o‘rinda bo‘lganligi uchun, balki bu shaharda ko‘plab etnik o‘zbeklar istiqomat qilganligi sababli parvozlarga talab ko‘p bo‘ladi. Bugungi kunda ko‘plab yo‘lovchilar boshqa parvozlar orasida o‘tishlarga 20 soatgacha vaqt sarflashmoqda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozga esa bir soatdan ortiq vaqt ketmaydi.

Shu yil iyul oyida O‘zbekiston va Qirg‘iziston aviatsiyasi ma’muriyatlari so‘nggi 9-yil ichida ilk bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishdi. Bundan tashqari, Toshkent-Issiqko‘l yo‘nalishida aviaqatnov yo‘lga qo‘yilgandi.

Bugungi kunga kelib, Toshkent va Bishkek o‘rtasida haftada ikki marotaba parvoz amalga oshiriladi. Bundan avval Qirg‘iziston tomoni ushbu qatnovlarni yana ikki martaga ko‘paytirishga tayyorligini ma’lum qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0