TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Istanbuldagi Boyo‘g‘li ma’muriyati Taqsim markaziy maydoni va Istiqlol sayyohlik ko‘chasida Yangi yil tantanalarini nishonlamaslik to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu choralar terrorchilik xavfi tufayli qabul qilindi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Bu haqda chorshanba kuni Boyo‘g‘li ma’muriyatining xavfsizlik boshqarmasi rahbari Ismoil Qilich ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil 1-yanvarga o‘tar kechasi Istanbulda Reina tungi klubiga qurolli hujum uyushtirilgan edi. Avtomat bilan qurollanib olgan terrorchi 700dan ortiq odamlar to‘plangan klubga yopirilib kirgan va ularga qarata o‘t ochgan. Turkiya IIV ma’lumotlariga ko‘ra, 39 kishi halok bo‘lgan, 69 kishi jarohatlangan. Ushbu terakt uchun mas’uliyatni "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi o‘z zimmasiga olgan.
Teraktni amalga oshirgan shaxs — o‘zbekistonlik bo‘lgan Abdulqodir Masharipov 16-yanvar kuni antiterror operatsiyasi vaqtida Istanbulning Esenyurt hududida 16-yanvar kuni qo‘lga olingan.