Samarqandda «Xavfsiz hudud posbonlari” jamoatchilik tuzilmasi tashkil etildi

Obuna bo‘lish
Samarqand shahri mahallalarida ilk bor tashkil etilayotgan yangi tuzilmaga 3105 nafar yoshlar jalb qilindi. Ularning 1500 ga yaqini harbiy xizmatni o‘tab qaytgan oliy o‘quv yurtlarining talabalaridan iborat.

TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Samarqand markazidagi Ko‘ksaroy maydonida shahar MFYlarida  «Xavfsiz hudud posbonlari» jamoatchilik tuzilmasini tashkil etishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda viloyat hokimligi.

Duv-duv gap: O‘zbekistondagi mahalla tizimi butun dunyoda katta qiziqish uyg‘otmoqda

Marosimda viloyat ichki ishlar boshqarmasi, shahar hokimligi, «Mahalla» jamoat fondi viloyat bo‘limi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi rahbarlari va vakillari ishtirok etishdi.  

Marosimda qayd etilishiga ko‘ra, yangi jamoatchilik tuzilmasida bor kuch va bilimi bilan jamiyat tinchligi, osoytishtaligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shgan faol xavfsiz hudud posbonlari kelgusida ichki ishlar organlariga ishga qabul qilinishi, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlarga to‘lov shartnomalarini to‘lashda imtiyoz va imkoniyatlar berilishi qayd etib o‘tildi.

“Jamoatchilik nazorati bor joyda har qanday jinoyatchilik, huqubuzarlikning oldini olinadi,  Shu bois, ayni paytda huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish maqsadida joylarda «Xavfsiz hudud posbonlari» tuzilmasi tashkil etilmoqda”,  – deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi R.Qobilov.  

Samarqand shahri mahallalarida ilk bor tashkil etilayotgan yangi tuzilmaga 3105 nafar yoshlar jalb qilindi. Ularning 1500 ga yaqini harbiy xizmatni o‘tab qaytgan oliy o‘quv yurtlarining talabalaridan iborat. 

Ular har bir mahallaga 15 nafardan taqsimlanib, mahalla raisi, profilaktika inspektori, posbon jamoatchilik tuzilmalariga biriktirildi. Xavfsiz hudud posbonlari belgilangan reja asosida o‘zlarining xizmat kunlarida mahalla hududini kuzatib borishadi. Shubhali holatlarda profilaktika inspektori, mahalla posboni va boshqa biriktirilgan mutasaddilarga tegishli tartibda xabar berib, mavjud qonunga zid holatlarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0